AsosiySport

Andijondagi markaziy stadion “Bobur Arena” deb qayta nomlandi

'Andijondagi markaziy stadion “Bobur Arena” deb qayta nomlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida mamlakatimizdagi stadionlar nomlarini tarixiy shaxslar nomi bilan nomlash taklifi berilgan. Farmonning mazkur bandi ijrosini ta`minlash maqsadida Andijon shahridagi markaziy stadion “Bobur Arena” deb qayta nomlangan. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, bugun mazkur stadionda yangi futbol mavsumining rasmiy ochilish marosimi o`tkaziladi. Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, tadbir doirasida futbol bo`yicha O`zbekiston superligasining 2-turidan o`rin olgan “Andijon” – “Surxon” uchrashuvi o`tkaziladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar