AsosiySport

Rekord qo`yish navbati Messiga keldi

'Rekord qo`yish navbati Messiga keldi'ning rasmi

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi La liganing 27-turidan o`rin olgan "Ueska" jamoasiga qarshi o`tgan o`yinda raqib darvozasini ikki bora aniq nishonga oldi.

Shu tariqa Messi joriy mavsum Ispaniya chempionatidagi gollari sonini 22 taga etkazib oldi. “ESPN” nashri tarqatgan xabarga ko`ra, Leo ketma-ket 13 mavsumdan buyon Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida 20 tadan ko`p gol urib kelayotgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.

Eslatib o`tamiz, Messi joriy mavsum “Barselona” safida turli musobaqalarda jami 36 ta o`yinda ishtirok etdi va o`z hisobiga 27 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo`yishga erishdi.

    Boshqa yangiliklar