AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirusni yuqtirganlar soni 120 million nafardan oshdi

'Dunyoda koronavirusni yuqtirganlar soni 120 million nafardan oshdi'ning rasmi

Jons Xopkins universitetining ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 120 million nafardan oshdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 119 million 603 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 649 mingdan ziyod kishi vafot etgan (15.03.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:05 holatiga ko`ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 391 231 yangi holati aniqlandi, 7 110 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (16.03.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 08:25 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 120 million 217 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 660 ming nafardan ortig`i vafot etgan.  

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 29,115 million nafardan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Braziliya (11,439 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Hindiston (11,385 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (4,400 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (4,258 milliondan ortiq).  

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 52 261, Braziliyada 76 178, Hindistonda 26 291, Rossiyada 9 437, Buyuk Britaniyada esa 4 618 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 

    Boshqa yangiliklar