AsosiyJamiyat

16 martda poytaxtning uchta tumanidagi barcha maktablar onlayn rejimga o`tkaziladi

'16 martda poytaxtning uchta tumanidagi barcha maktablar onlayn rejimga o`tkaziladi'ning rasmi

Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo`yicha Toshkent shahar shtabining yig`ilishida poytaxtning Yunusobod, Mirzo Ulug`bek va Chilonzor tumanlaridagi barcha umuta`lim maktablarida 16 martdan boshlab o`quv rejasida belgilangan ta`tilga qadar onlayn o`qitish rejimiga o`tish belgilab berildi.

Ushbu tumanlarda faoliyat olib borayotgan nodavlat va xususiy ta`lim tashkilotlariga ham 16 martdan boshlab o`quv rejasida belgilangan ta`tilga qadar onlayn o`qitish rejimiga o`tish tavsiya qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar