AsosiyDunyo

Evropa koronavirusning uchinchi to`lqini boshlanganini e`lon qildi

'Evropa koronavirusning uchinchi to`lqini boshlanganini e`lon qildi'ning rasmi

Bir qator Evropa mamlakatlarida koronavirus infeksiyasining uchinchi to`lqini kuzatilmoqda. Xususan, Avstriya sog`liqni saqlash vaziri Rudolf Anshober yangi to`lqin boshlanganini e`lon qildi, Fransiya, Germaniya va Italiyada ham vaziyat yomonlashmoqda. 

The Guardian nashrining yozishicha, Evropada koronavirus holatining kunlik ko`payishi fevral oyidan beri rekord darajaga etgan, bu esa cheklovlar, komendantlik soati va hattoki ba`zi mamlakatlarda qattiq karantinning qayta tiklanishi olib keldi.

Dushanbadan beri Italiyada koronavirusning uchinchi to`lqinidan saqlanish uchun qat`iy karantin qoidalari o`rnatildi. Endi kasalxonalar yangi infeksiya oqimiga dosh berolmaydi.

O`nta hududda maktablar va do`konlar yopilgan. Restoranlar faqat etkazib berish uchun ishlayapti.

Fransiyada, sog`liqni saqlash vazirining so`zlariga ko`ra, har 12 daqiqada bir nafar parijlik reanimasiya bo`limiga tushmoqda. Polsha, Vengriya va Chexiyada ham kunlik rekord ko`rsatkichlar qayd etildi.

Germaniyada mehmonxonalar noyabr oyidan beri sayyohlarni qabul qilmayapti, ammo Ispaniyaning Balear orollaridan qaytib kelganlar uchun majburiy karantin bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar