AsosiyJamiyat

O`rtachirchiqda 14 yoshli qizaloqning nomusiga tekkan shaxslar jazosiz qolayotgani holati Senat nazoratiga olindi

'O`rtachirchiqda 14 yoshli qizaloqning nomusiga tekkan shaxslar jazosiz qolayotgani holati Senat nazoratiga olindi'ning rasmi

Shu kunlarda internet nashrlarida Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumanida sodir bo`lgan voqea bo`yicha “14 yoshli qizaloqning nomusiga tekkan shaxslar jazosiz qolmoqda”  sarlavhasi ostida e`lon qilingan xabar ijtimoiy tarmoqlarda hamda jamoatchilik orasida keng muhokama qilinmoqda.  

Mazkur holat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi tomonidan o`rganib chiqildi, deya xabar bermoqda Senat Axborot xizmati. 

O`rganish natijasida, O`rtachirchiq tuman prokurori tomonidan ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki surishtiruv harakatlarini olib borish uchun tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limiga yuborilganligi, bugungi kunda tergov ishlari olib borilib, jabrlanuvchi, gumonlanuvchi va guvohlar bergan ko`rsatmalari tergov davomida tekshirilib, tayyorlangan sudga oid ekspertiza hulosalari olinganidan so`ng qonuniy echim topishi aniqlandi.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi tomonidan tergov ishi har tomonlama to`la va xolisona olib borilishi hamda yakunlari bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi nazoratga olindi.

Tergov yakuni bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar