AsosiyDunyo

Tanzaniya prezidenti vafot etdi

'Tanzaniya prezidenti vafot etdi'ning rasmi

Chorshanba kuni 61-yoshida Tanzaniya prezidenti Djon Magufuli vafot etdi.

Mamlakat vise prezidenti, Samiya Suluxu Xasanning so`zlariga ko`ra, davlat rahbari bir necha o`n yillardan beri davom etib kelayotgan yurak hastaligidan vafot etgan.

Magufuli fevral oyining ohiridan beri omma oldida ko`rinmayotgan edi.

Aholi orasida esa u koronavirus bilan kasallanganligi haqida mish-mishlar yurgan edi. Mamlakat polisiyasi ushbu mish-mishlarni tarqatgan to`rt nafar fuqaroni hibsga oldi.

Davlat rahbarining o`limi munosabati bilan Tanzaniyada ikki haftalik motam e`lon qilindi. Konstitusiyaga ko`ra uning o`rnini vise prezident egallaydi.

    Boshqa yangiliklar