Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokidagi xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tmoqda. Yig`ilish avvalida Prezident Toshkent viloyatiga munosib hokim topa olmayotgani uchun viloyat xalqi oldida qarzdorligini aytdi, deya xabar qilmoqda "Darakchi" muxbiri.
“Boshqa viloyatlardan ko`ra sizlarning oldingizda qarzdorman. Toshkent viloyatiga munosib rahbar topolmayapman. Boshqa viloyatlardagi rahbarlar 10 yillab ishlayapti. Mana, Xolmatovning (sobiq Toshkent viloyati hokimi - tahririyat) o`zi lavozimidan ozod etilishini so`rab arizasini yozdi. Lekin tizimdan butunlay ketgani yo`q. Boshqa lavozimda ishlayapti. Birorta shahar yoki tuman hokimi o`zi ariza yozgani yo`q Xolmatovga o`xshab. Hammasi amalni xohlaydi, lekin aravani tortmaydi. Aravani tagida ulkan mas`uliyat bor!” – dedi davlat rahbari.
Sessiya davom etmoqda. Yaqin daqiqalarda Toshkent viloyati hokimi lavozimga tayinlanishi kutilyapti.






