Avvallari sud tergovi davomida ish uchun muhim ko`rsatmalarni olish lozim bo`lgan vaqtda, jabrlanuvchi yoki guvoh xizmat safariga ketgan yoki og`ir xastalikka duchor bo`lgan vaziyatda, ishni ko`rilishi cho`zilib, jabrlanuvchi yoki guvoh sud majlisiga kelishi kutilardi. Sudlanuvchi hamma aybni tan olgan va zararni qoplagan bo`lsa ham, baribir, eski tahrirdagi qonun bo`yicha ishning sudga ayblov xulosa bilan yuborilishi, sud majlisida ko`rish uchun tayinlanishi, jabrlanuvchini, guvohlarni so`rog`i o`tkazilishini kutishga majbur bo`lardi. 2021 yil 18 fevraldagi Prezident tomonidan imzolangan “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-prosessual kodekslariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–675) bilan sudga kelib tushgan ishlar soddalashtirilgan tartibda, tezkor ko`rib chiqiladi. Bu haqda batafsilroq ma`lumot olish maqsadida Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudining sudyasi Bolat SULTANOV bilan bog`landik...
— Qonun bilan Jinoyat prosessual kodeksiga kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra:
● Ko`rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo`yish;
● jinoyat ishi bo`yicha dastlabki eshituv;
● aybga iqrorlik to`g`risida kelishuv institutlari joriy qilindi.
KO`RSATUVLARNI OLDINDAN MUSTAHKAMLAB QO`YISh — guvohva jabrlanuvchini ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorningiltimosiga ko`ra so`roq qilish bo`lib, u sud tomonidan amalga oshiriladi.
Guvohni, jabrlanuvchini (fuqaroviy da`vogarni) ob`ektiv sabablargako`ra, (O`zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi,ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladiganog`ir va davomli kasallik mavjudligi) ishni sudga qadar yuritish yokisud muhokamasi chog`ida keyinchalik so`roq qilish mumkin bo`lmay qoladi, deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo`lgan hollarda, ularningko`rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo`yilishi mumkin.
MASALAN:
Guvoh P.Petrov uzoq muddatli xizmat safariga yuborilishianiqlanib, uning ko`rsatuvlari ish uchun katta ahamiyatga egabo`lgan taqdirda, prokuror tomonidan sudga iltimosnoma kiritiladi va sud iltimosnomada keltirilgan vajlar asoslidegan xulosaga kelsa, uch sutkadan kechiktirmay sud majlisinitayinlaydi. Sud majlisida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va lozimbo`lsa boshqa ishtirokchilar qatnashgan holda o`tkazilib, so`roqning umumiy asoslarga ko`ra guvoh P.Petrov ko`rsatuvlari tinglanadi. Ushbu ko`rsatuvlar sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Shu yo`l bilan guvoh P.Petrovning ko`rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo`yiladi.
JINOYaT IShI BO`YIChA DASTLABKI EShITUV 5 ta asoslarmavjud bo`lgan taqdirda, sud taraflarning iltimosiga ko`ra yoki o`z tashabbusibilan jinoyat ishi bo`yicha dastlabki eshituv o`tkazishi mumkin.
Ya`ni:
1. Jinoyat ishi bo`yicha ish yuritishni to`xtatib turish.
MASALAN: dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishini sudgayuborish chog`ida ayblanuvchi I.Ivanov sudga kelmasdan, yashiringani yoxud sud tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlangan sud majlisida ishtirok etishni istisno qiladigan og`ir va davomli kasallikka chalinganligi aniqlansa, sud dastlabki eshituvni o`tkazadi. Ish bo`yicha ish yuritishni u topilguniga yoki sog`ayguniga qadar to`xtatib turish masalasini hal qiladi.
2. Jinoyat ishi bo`yicha ish yuritishni tugatish.
MASALAN: jinoyat ishi bo`yicha ayblov xulosasi tasdiqlanib, sudga yuborilgan vaqtda ayblanuvchi I.Ivanov vafot etganligi aniqlansa, sud tomonidan dastlabki eshituv o`tkazilib, ish bo`yicha ish yuritishni tugatish masalasi ko`rib chiqiladi.
3. Jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yo`sindagi majburlov chorasini qo`llash to`g`risidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish.
MASALAN: I.Ivanov jinoyat ishi bo`yicha JK 169-moddasi 3-qismining “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan. Lekin ayblov xulosasida I.Ivanov JK 168-moddasi 3-qismining“v” bandi bilan ayblanayotgani ko`rsatilgan bo`lib, tuzilganligi aniqlansa, sud tomonidan dastlabki eshituv o`tkaziladi. Ushbu kamchilikni bartaraf qilish maqsadida jinoyat ishi prokurorga qaytariladi.
4. Ushbu kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish.
MASALAN: I.Ivanovga oid jinoyatishi JIB Toshkent shahar Uchtepa tuman sudiga kelibtushdi. Shu bilan birga aynan unga oid jinoyat ishi JIB Toshkent shahar Chilonzor tuman sudiga ko`rib chiqilayotgani aniqlangan. Bu holatda, JIB Toshkent shahar Uchtepa tuman sudi ushbu ikki jinoyat ishini bir ish yurituvga birlashtirish masalasini ko`rib chiqish uchun dastlabki eshituvni o`tkazadi.
5. Nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash to`g`risida taraflardan birining iltimosi mavjud bo`lsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash.
MASALAN: ayblanuvchi I.Ivanov, jinoyat ishiga qo`shilgan so`zlashuvlar yozilgan kompakt-diskning manbasi noma`lum bo`lgani sababli nomaqbul dalil deb topib, ishdan chiqar ishni so`rab iltimosnoma kiritganda, sud dastlabki eshituvni o`tkazib, barcha vajlarga baho berib, o`rganib chiqib, ushbu dalilni nomaqbul deb topib, ishda chiqarish yoki nomaqbul deb topmasdan, ishda qoldirish to`g`risida qaror qabul qiladi. Dastlabki eshituvni o`tkazish davomiyligi 10 sutkadan oshmasligi kerak.
BELGILANGANJAZOTENGYaRMIGAQISQARTIRILIShIMUMKIN, AGAR...
— Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, aybga iqrorlik to`g`risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo`yicha jazo belgilangan eng ko`p jazoning yarmidan oshmagan holda tayinlanadi. Ushbu qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.
Aybga iqrorlik to`g`risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o`ziga nisbatan qo`yilgan gumonga, ayblovga rozi bo`lgan, jinoyatning ochilishiga faol ko`maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan, uncha og`ir bo`lmagan va og`ir jinoyatlar bo`yicha tuziladigan kelishuvdir.
Ya`ni, jinoyat sodir qilganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxs o`z aybini to`liq bo`yniga olsa, surishtiruv, tergov va sud muhokamasi davrida faol ko`maklashgan va jinoyat oqibatida etkazilgan zararni to`liq hajmda qoplagan bo`lsa, ushbu shaxs bilan aybga iqrorlik to`g`risida kelishuv tuziladi. Ushbu shaxsga u sodir qilgan jinoyatlar bo`yicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori u ayblanayotgan moddasi (qismi)da nazarda tutilgan eng ko`p jazoning yarmidan oshmasligi kerak.
MASALAN: I.Ivanov firibgarlik sodir qilib, tergov organi tomonidan JK 169-moddasi 3-qismining “v” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan. Lekin I.Ivanov tergov harakatlari boshidan tergov organiga ko`maklashib, aybiga to`liq iqror bo`lgan.
Jabrlanuvchi P.Petrovga etkazilgan 100.000.000 so`m miqdorida zararni qoplab, prokuror bilan aybga iqrorlik to`g`risidagi kelishuv tuzgan va sud majlisida ham sudni chalg`itmay, to`g`ri ko`rsatmalar bergan. Bunda JK 169-moddasi 3-qismining “v” bandida eng og`ir jazo 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan bo`lsa, sud tomonidan unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosidan oshiq jazo tayinlanishi mumkin emas.
AGAR BIR NEChTA JINOYaTLAR SODIR ETILGAN BO`LSA-ChI?
— Ammo shaxs bir nechta jinoyatlarni sodir qilib, ularning biri o`ta og`ir bo`lsa yoki biri bo`yicha aybiga iqrorlik bildirmasa, bu holatdaaybga iqrorlik to`g`risidagi kelishuv tuzilishi mumkin emas. Bu institut jinoyat ishlarini soddalashtirilgan holda ko`rish uchun xizmat ko`rsatadi. Ya`ni, mazkur toifadagi ishlarni ko`rish muddatiish sudga kelib tushgan paytdan bir oyni tashkil qiladi. Ushbu ishlarda sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da`vogar), prokuror va himoyachi ishtirok etishadi va sudlanuvchining aybini isbotlash talab etilmaydi.Taraflar tuzilgan kelishuvdan voz kechishlari mumkin.
HIMOYaChI IShTIROK ETIShI ShART BO`LGAN HOLATLAR KENGAYTIRILDI
— Qonun bilan Jinoyat prosessual kodeksigakiritilgan qo`shimchalarga ko`ra:
- shaxs amalda ushlangan yoki uni ushlash bilanbog`liq tezkor-qidiruv tadbiri yakunlangan paytdan boshlab, u bilan bog`liq prosessual harakatlar amalga oshirilgunga qadar himoyachi bilan xoli uchrashishi ta`minlanadi;
- tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi organlar tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan arizalar, tushuntirishlar vako`rsatuvlar olish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud`yaning yozma ruxsatiga asosan faqat himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi (himoyachidanvoz kechilgan hollar bundan mustasno).
Shuningdek, JPKga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan e`tiboran ko`pi bilan 48 soatnitashkil etadi (ilgari ushbu muddat shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgan vaqtdan boshlab hisoblangan).
Himoyachi ishtirok etishi shart bo`lgan holatlar toifasiga quyidagilar kiritildi:
- dastlabki eshituv o`tkazilayotgan ishlar;
- o`ta og`ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar;
- shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog`i tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llash masalasi ko`rib chiqilayotgan;
- aybiga iqrorlik to`g`risida kelishuv tuzilgan ishlar.
Sadoqat ALLABERGANOVA