Davlat rahbarlari va siyosatchilarning farzandlari har doim diqqat markazida bo`lib kelgan. Ayniqsa ular qiz bola bo`lsa, bu e`tibor ikki karra kuchayadi. Davlat rahbarlarining qizlarining kiyinishi, o`zini tutishadan tortib, muvaffaqiyatlarigacha keng muhokama qilinadi.
Quyida dunyo prezidentlarining diqqat markazida turuvchi qizlari haqida so`z yuritamiz.

Ivanka va Tiffani Tramp
AQSh prezidentligiga nomzod, taniqli magnat va siyosatchi Donald Trampning ikki qizi bor: Ivanka va Tiffani. 34 yoshli Ivanka bolaligidan mashhur. U o`shanda model bo`lishni orzu qilardi. 1997 yilda Ivankaning surati o`smir qizlar uchun mo`ljallangan yaltiroq muqovali jurnalda chop etilgan. Shundan so`ng Ivankaning modellik faoliyati boshlandi.
Biroz ulg`aygach, Ivanka bu kasbdan sovidi. U ko`proq tadbirkorlik va yozuvchilikka qiziqa boshladi. U keyinroq Trump Organization tashkilotining prezidenti lavozimida faoliyat yuritdi. Ivanka turmushga chiqqan, ikki farzandi bor, uchinchisiga homilador. Instagram ijtimoiy tarmog`ida Ivankani 750 ming foydalanuvchi kuzatadi. Hozir u otasining saylov oldi targ`ibot-tashviqot ishlariga yordam beradi.
Donald Trampning ikkinchi qizi Tiffani 22 yoshda. U Pensilvaniya universitetida sosiologiyani o`rganadi. U ham opasi singari ijtmoiy tarmoqlarda faol.

Maliya va Sasha Obamalar
AQShning malikalariga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlangan. Ammo ingliz tilidagi OAVlar ularning har qadamini kuzatib borishadi. 17 yoshli Maliya va 14 yoshli Sasha boshqa tengdoshlaridan farqli ravishda bolalik bilan erta xayrlashgan. Opa-singillarning har ikkalasi Vashington shahridagi Sidwell Friends maktabida tahsil oladi.
2015 yilda The New York Post nashri Maliyani o`ta nozik did sohibasi ekanligi haqida maqola chop etdi. Shundan so`ng u modaga oid jurnallar va feshn blogerlarning diqqatini jalb etdi. Malia Obama Is Gorgeous deb nomlangan blog Maliyaga bag`ishlangan bo`lib, unda muntazam ravishda Maliyaning turli obrazlardagi suratlari chop etiladi.
2014 yilda opa-singil Obamalar dunyodagi eng mashhur bolalar reytingida 4-o`rinni zabt etgan.

Leyla Alieva
30 yoshli Leyla — Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning katta qizi. U “Boku” yaltiroq muqovali jurnali bosh muharriri va bobosi Haydar Aliev nomi bilan ataladigan fondning vise-prezidenti hamdir. U Rossiyada Ozarbayjon yoshlari tashkilotining rahbari, shuningdek IDEA “Atrof-muhit muhofazasi bo`yicha xalqaro dialogning tashabbuslari” muassisi sifatida ham nom qozongan.
Leyla turmush o`rtog`i Crocus Group kompaniyasi prezidenti Emin Agalarov bilan ajrashgan. Uning uch nafar farzandi bor— o`g`illari Ali va Mikail hamda asrab olgan qizi Amina.

Barbara Berluskoni
31 yoshli Barbara FinInvest direktorlari kengashi a`zosi, “Milan” futbol klubi vise-prezidenti.
Barbaraning shaxsiy hayoti uzoq yillardan beri OAVda keng muhokama qilinadi. Ayniqsa futbolchilar bilan ishqiy munosabatlari ko`p muhokama qilinadigan mavzulardan biri.
Barbara turmush o`rtog`i tadbirkor Jorjio Valagussa bilan ajrashganidan so`ng ikki farzandini tarbiya qilmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Barbara Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizlari Mariya va Ekaterina bilan yaqin munosabatda.

Jenna Bush-Xager
AQShning 43-prezidenti Jorj Bushning qizi Jenna Bushning qizi 34 yoshda. U 2008 yilda turmushga chiqqan. Hozirda ikki nafar farzandi bor.
Instagram ijtimoiy tarmog`ida uni 190 ming nafar foydalanuvchilar kuzatib boradi.

Frensis Ebbot
Avstraliyaning sobiq bosh vaziri Toni Ebbotning qizi. Siyosatchining uch nafar qizi bo`lishiga qaramay, o`rtancha qizi diqqat-e`tibor markazida. U haqda Avstraliya OAVlari tinimsiz maqolalar chop etadi.

Maryam Navaz
Pokiston bosh vazirining qizi 42 shyoli Maryam Navazni Twitter ijtimoiy tarmog`ida 1,71 million kishi kuzatib boradi. U shubhasiz, mamlakatning eng taniqli ayollaridan biri.
Panjob universitetining “Ingliz adabiyoti” fakultetini tamomlagan Maryam hozirda otasining izidan borib, siyosat bilan shug`ullanmoqda. Bosh vazir tomonidan ishlab chiqilgan iste`dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash dasturini hayotga tatbiq etish uning zimmasida.
Manba: lenta.ru





