AsosiySiyosat

Turkiya Prezidenti O`zbekiston xalqi va Prezidentini tabrikladi (tabrikning to`liq matni)

'Turkiya Prezidenti O`zbekiston xalqi va Prezidentini tabrikladi (tabrikning to`liq matni)'ning rasmi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an O`zbekiston Respublikasi xalqi va Prezidentini Navro`z bayrami bilan qutlab, tabrik yubordi: 

"O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident janoblari, aziz qardoshim!

Ildizi uzoq asrlarga borib taqaluvchi mushtarak an`analarimizdan biri bo`lgan, bahor va yangi boshlanish suyunchisini keltiruvchi, qardoshlik, tinchlik, birlik va birdamlik timsoli bo`lmish Navro`z bayrami munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va do`st, qardosh O`zbekiston xalqini turk xalqi va shaxsan o`z nomimdan chin dildan muborakbod etaman.

Tabiat uyg`onishi orqali qalblarda o`zaro anglashuvni, muloqotni, hamjihatlikni mustahkamlovchi Navro`z bayrami har yili bo`lgani kabi joriy yilda ham Bolqonlardan tortib O`rta Sharqqacha, Anado`ludan Markaziy Osiyogacha bo`lgan keng makonda jo`shqin ravishda nishonlanadi.

SOVID-19 pandemiyasi bilan bog`liq ushbu murakkab davrda Navro`z bayrami nafaqat mamlakatlarimiz va mintaqamizga, balki butun bashariyatga sihat-salomatlik, halovat va tinchlik olib kelishini tilayman.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sog`lik, baxt va muvaffaqiyat, do`st va qardosh O`zbekiston xalqiga farovonlik va omonlik tilab qolaman.

Rejep Tayyip Erdog`an,

Turkiya Respublikasi Prezidenti"

    Boshqa yangiliklar