AsosiyDunyo

BMT: Dunyodagi yigirmata mamlakatga ocharchilik tahdid solmoqda

'BMT: Dunyodagi yigirmata mamlakatga ocharchilik tahdid solmoqda'ning rasmi

Dunyoning yigirma mamlakatiga shoshilinch ravishda oziq-ovqat yordami zarur, aks holda ular keng miqyosdagi ocharchilikka duch keladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri BMTning Yangiliklar portaliga tayanib.

Yaman, Janubiy Sudan va Shimoliy Nigeriya aholisi allaqachon ocharchilik yoqasida, deya ogohlantiradi Jahon oziq-ovqat dasturi (JOOD) va BTMning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tayyorlangan hisobot mualliflari.

Ocharchilikka duch kelgan mamlakatlarning aksariyati Afrika qit`asida bo`lsada, muammo boshqa mintaqalar uchun ham dolzarbdir. Osiyoda Afg`oniston, Yaqin Sharqda Suriya va Livan, Lotin Amerikasida Gaiti  va boshqa davlatlar xalqaro hamjamiyat yordamisiz bu muammoni bartaraf eta olmaydi, deyiladi hisobotda.

34 million kishi «ocharchilik yoqasida», FAO tasnifiga ko`ra, bu «oziq-ovqat etishmovchiligining to`rtinchi darajasi»ni anglatadi.

JOOD rahbari Devid Bislining aytishicha, ocharchilikning oldini olish uchun zudlik bilan kurashni boshlash, aholining eng zaif qatlamlariga insonparvarlik imkoniyatini taqdim etish va ocharchilik bilan kurashish uchun joriy yil talab qilinadigan 5,5 milliard dollarni yig`ish kerak.

FAO hozirgi paytda vaziyat boshqa yo`nalishda ketayotganini afsus bilan ta`kidlagan. Afg`oniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Efiopiya, Nigeriya shimolida, Somali va Janubiy Sudanda mojarolar kuchaymoqda va pandemiya bilan bog`liq cheklovlar dunyo aholisi hayotini yanada qiyinlashtiryapti. Yaman, Livan va Yaqin Sharqdagi boshqa mamlakatlarda milliy valyuta qadrsizlanib, inflyasiya kuchaymoqda.

Bundan tashqari, kelgusi oylarda tabiat bilan bog`liq yangi ofatlar, shu jumladan, La-Ninya iqlim fenomeni bilan bog`liq hodisalar kutilmoqda. Cho`l chigirtkasi xavfi Afrika qit`asining sharqiy qismidagi davlatlarga tahdid solmoqda. Angola, Botsvana, Namibiya, Zambiya va Zimbabvening ayrim hududlarida hasharotlar butun hosilni yo`q qilishi mumkin.

Muammoni hal qilish bo`yicha taklif qilinayotgan choralar yordamni ko`paytirish, urug` etkazib berish, hayvonlarni emlash, moddiy yordam, suv yig`ish inshootlarini ta`mirlash va boshqalarni o`z ichiga oladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar