O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi xabariga ko`ra, joriy yilning mart oyida “K.T.” ismli advokat tomonidan yuborilgan faksogramma kelib tushdi. Ma`lumotda yozilishicha 2020 yilnig oktyabr oyi boshlarida Istanbul shahrining «Göztepe prof. dr. Süleyman Yalçın şehir hastanesi»ning shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga kuchli zaxarlanish oqibatida xushini yoqotgan, yonida shaxsini tasdiqlovchi xech qanaqa xujjat yoki mobil telefoniga ega bo`lmagan shaxs yotqizilib, keyinchalik «Cinar 2 Bakım Merkezi »ga ko`chirilgan.
Yuqorida zikr etilgan noma`lum shaxs intensiv terapiya bo`limiga o`tqazilishidan oldin o`zini 1987 yilda tug`ilgan «SAID NOMATOV» (ismi tug`ilgan yili to`g`ri bo`lmasligi mumkin ) deb aytgan (O`zbekiston vatandoshi bo`lish taxmini yuqori).
Bosh konsulxona xodimlari tomonidan ko`p marotaba shifoxonaga tashrif amalga oshirilishiga qaramasdan, shaxsning ahvoli o`ta og`irligi tufayli uni ismi-sharifi va qaysi davlat fuqarosi ekanligiga oydinlik kiritish imkoni bo`lmagan.
Joriy yilning 23 martida mazkur noma`lum shaxs «Cinar 2 Bakım Merkezi»da vafot etdi.
Bosh konsulxona S.N.ni tanigan yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lgan Turkiyadagi o`zbekistonliklardan +90(212)3232037 raqamiga zudlik bilan murojaat qilishlarini iltimos qilmoqda






