2021 yil 28 mart kuni Buxoro shahrida yoqqan kuchli yomg`ir natijasida shaharning ichki yo`llari va aholi yashash maskanlari ko`chalarida yomg`ir suvlari to`planib qolgan. Bu haqda Buxoro viloyati FVB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Buxoro viloyati FVB Yong`in ~ qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi va texnikalari Buxoro shahar Istiqlol, Shoxrud, M.G`OFUR ko`chalaridagi ichki yo`llarda to`planib qolgan yomg`ir suvlarini olib tashladi.
Ayni paytda barcha suv to`planib qolgan joylarda FVB rahbarligida FVDT quyi tizimi texnikalari jalb etilib, yomg`ir suvlari bartaraf etilmoqda.






