AsosiySUG'DIYONA

“Bir muhabbat tarixi” seriali qahramonlari haqida nimalarni bilamiz?

«Yoshlar» telekanali orqali namoyish etilayotgan «Bir muhabbat tarixi» serialining bosh rol ijrochilari haqida ma`lumot berishga qaror qildik.   

“Mehnat qilsangiz boylikka erishasiz”
– Do`stlaringiz Asmi deb murojaat qilishlari rostmi? 

– Ha! Yaqinlarim uchun Asmiman. Kinoda esa Asmita Sud deb to`liq ism-sharifim yoziladi. 
– Xorijiy tillarga qiziqishingiz haqida so`rasak?
– Hindi va ingliz tillarida so`zlasha olaman. 
– Siz uchun idelingizdagi inson?
– Onam va aktrisa Kajol! Ularga hamisha havas qilganman. 
– Sevimli mashg`ulotingiz...
– Musiqa tinglashni, filmlar tomosha qilishni va dunyo bo`ylab sayohat qilishni yoqtiraman. Albatta, bo`sh vaqtim bo`lsa-da. Ko`pincha buning aksi bo`ladi (kuladi).
– Yorqin ranglarni yoqtirar ekansiz? 
– Qora va kulrangni jinim suymaydi. Ko`zga tashlanuvchi ranglar esa kayfiyatni ko`taradi.
– «Onam tayyorlagan taomlardan boshqasini tan olmayman» bu sizning gapingizmi? 
(kuladi) qaerdan bildingiz?!Chindan ham onam pishirgan taomlarni juda yaxshi ko`raman. Ayniqsa, Ximachal-Pradeshsk oshxonasining eguliklari jonu – dilim. Volidam juda pazanda ayol! 
– Qaysi aktyorlarning ijodini muntazam kuzatib borasiz? 
– Amir Xon, Ranbir Kapur, Tom Kruz, Bred Pitt, Karina Kapur va Kajol – bular mening sevimli aktyor va aktrisalarim. Juliya Roberts, Meril Strip, Enn Xeteuey ijodiga ham qiziqaman. 
– Sizni ta`sirlantirgan film qaysi? 
– «Benjamin Battonning sirli voqeasi». Bu kartinani necha marotaba tomosha qilgan bo`lsam, har safar yig`layman. 
– O`zingizdan mamnun bo`lasiz...
– Urinishlarimni kimdir e`tirof qilsa, maqtashsa juda quvonaman. Axir rag`bat «o`stiradi» da. 
– Ayol uchun eng chiroyli libos? 
– Sari! 
– Ikkisidan birini tanlang: omadmi yoki boylik? 
– Omad! Mehnat qilsangiz boylikka erishasiz! 

PERL V PURI: ONAMNING DUOSI YoRDAM BERDI!

  • 1989 yil 10 iyulda Hindistonning Chxindvara viloyatida tug`ilgan. O`smirlik yillari Agrada o`tgan. 
  • Model va aktyor.
  • Hindistonning yosh, umidli aktyorlaridan biri bo`lgan Pirl V Purining kichik intervyusidan parcha keltiramiz. 
  • Aktyor bo`lishingizga otangiz qarshi  chiqqani rostmi? 
  • Ha rost. Otam tanlovimni qabul qilmadi. U kishi uning biznesini davom ettirishimni istagandi. Baxtimga onam meni tushundi va qo`llab-quvvatladi. Uning duosi bilan o`rnimni topayapman. 
  • Asmita Sud bilan munosabatlaringiz haqida...
  • Asmi bilan do`stmiz. Ekrandagi juftliklar haqida gap-so`z bo`lishi tayin. 

«Bir muhabbat tarixi» seriali Puriga kutilgan mashhurlikni olib keldi. Jurnalistlarning «Agradan kelgan yigit Mumbayda o`zini qanday xis qilayapti?» degan savoliga «Katta shaharga yolg`iz o`zi kelgan boladek sezayapman o`zimni. Salobati bosayotgani rost. Odamlar, ayniqsa ko`cha-kuydagilarning nigohidan noqulay holatga tushayapman. Lekin o`zim shuni istagandim. Yoqayapti.» deb javob bergandi.

    Boshqa yangiliklar