AsosiyJamiyat

Asakada toifasini oshirolmagan o`qituvchilarga "yordam berish" orqali byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi

'Asakada toifasini oshirolmagan o`qituvchilarga "yordam berish" orqali byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Andijon shahar xalq ta`limi bo`limining markazlashgan moliya-buxgalteriya sobiq hisobchisi T.A. 2019-2020 yillarda maktabda haqiqatda ishlamagan 34 nafar fuqaroni ishlaganligi to`g`risida to`lov topshiriqnomalariga soxta ma`lumotlar kiritish orqali ish haqi hisoblab, 526,9 mln so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Asaka tuman xalq ta`limi bo`limi xodimi Sh.Z. va boshqalar malaka toifasini oshirish bo`yicha o`tkazilgan attestasiya sinovlaridan o`tmagan 24 nafar xodimga soxta sertifikatlarni rasmiylashtirish orqali 136,1 mln so`m byudjet mablag`lari rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar