AsosiyJamiyat

Rossiyada xastalanib qolgan fuqaro shifokorlar kuzatuvida O`zbekistonga qaytarildi

'Rossiyada xastalanib qolgan fuqaro shifokorlar kuzatuvida O`zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

 Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining ma`lum qilishicha, Rossiya Federasiyasining Omsk shahridagi qurilish kompaniyalaridan birida vaqtincha ishlab kelayotgan R.Akbarov ismli fuqaro betob bo`lib, shifoxanada davolanib chiqdi. Shifkorlar mazkur fuqaroga ishlash va samolyotda uchish hayoti uchun xavfli ekanligini ma`lum qilgan.

Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi, qurilish korxonasi hamkorligida bemor fuqaro shifokorlar kuzatuvi ostida “Moskva-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan poezd orqali vatanga qaytarildi.

 

    Boshqa yangiliklar