AsosiyJamiyat

Navoiylik o`quvchi qiz jahon chempionatiga yo`llanmani qo`lga kiritdi

'Navoiylik o`quvchi qiz jahon chempionatiga yo`llanmani qo`lga kiritdi'ning rasmi

U Batumi va Gruziyada bo`lib o`tadigan shaxmat bo`yicha jahon chempionatida ishtirok etadi.

Navoiy shahridagi 2-umumta`lim maktabining 7-sinf o`quvchisi Barchinoy shaxmat bilan kichik yoshligidan shug`ullanib keladi. 2017 yilda 10 yoshli qizlar o`rtasida bo`lib o`tgan O`zbekiston chempionatida faxrli 2-o`rinni egallagan. 2018 yil Rossiya Federasiyasining Sochi shahrida bo`lib o`tgan Jahon chempionatida 2-o`rinni qo`lga kiritgan. Shuningdek Respublika miqyosidagi barcha musobaqalar g`olibasi hisoblanadi.

Navoiy viloyati sharafini respublika bo`yicha shaxmat yo`nalishida 1-o`ringa olib chiqmoqda. 2019 yil maktab o`quvchilari o`rtasida Osiyo chempionatida 13 yoshlilar orasida 3-o`rinni egallagan.

2021 yil 14 yoshgacha qizlar o`rtasida O`zbekiston chempionatida standart, rapid va blis yo`nalishlarida ham 1-o`rinni qo`lga kiritgan Barchinoy «Standart» yo`nalishida Batumi shahrida bo`lib o`tadigan Jahon chempionatiga, «Rapid» yo`nalishida Gruziya davlatiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar