Fuqarolarning dam olish kunlarida sayohatga borishlari uchun yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil 4 apreldan boshlab, “Qo`ng`irot – Nukus – Xiva” yo`nalishida haftaning yakshanba kunlari 604/603-sonli shaharlararo yo`lovchi poezdlarining qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
- ️ Qo`ng`irot – Xiva yo`nalishida qatnovini boshlaydigan 604-sonli shaharlararo poezdi soat 03:54 da Qo`ng`irot temir yo`l vokzalidan
- ️Xiva – Qo`ng`irot yo`nalishida qatnovini boshlaydigan 603- sonli shaharlararo poezdi soat 16:45 da Xiva temir yo`l vokzalidan jo`naydi.
Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan olish mumkin.






