AsosiyJamiyat

Navoiyda haydovchilarning o`qrayib qarashi pichoqbozlik bilan tugadi

'Navoiyda haydovchilarning o`qrayib qarashi pichoqbozlik bilan tugadi'ning rasmi

2021/2022 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida Prezidenti Qarori imzolandi.

2021 yilning 25 mart kuni soat 02:30 larda aka-uka 30 yoshli Jaloliddin N., va 27 yoshli Jamoliddin N.,lar boshqaruvidagi “Nexia-Ravon” rusumli avtomashinasida Navoiy shahar I.Karimov ko`chasida joylashgan “Amfiteatr” majmuasi qarshisidagi chorrahada harakatlanib ketayotganlarida ular bilan yonma-yon harakatlanib kelayotgan “Malibu” rusumli avtomashina haydovchisi 28 yoshli Umid X., bilan bir-biriga “nega o`qrayib qariysan” deb avtomashinalarini chekkaga to`xtatib, hech bir sababsiz o`zaro janjallashganliklari oqibatida Umid X.,ning o`ng oyoq son sohasiga pichoqcha bilan bir necha marotaba urib jarohat etkazganlar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jaloliddin N., va Jamoliddin N.,larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “a, B, v” bandi (Bezorilik, ya`ni  bir guruh shaxslar tomonidan sovuq qurol bilan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish)  bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar