AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda DAN xodimlari aka-ukani majburlab mashinaga tiqdimi?

'Qashqadaryoda DAN xodimlari aka-ukani majburlab mashinaga tiqdimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "DAN xodimlari meni va akamni mashinaga tiqishmoqchi bo`lishdi" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma`lumot berildi. O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lumotlarni e`lon qildi.

24 mart kuni soat 10:25larda, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Gulshaniy ko`chasida xizmat olib borgan YPX xodimi X.Eshniyozov tomonidan "Vaz-2106" rusumli avtomobil haydovchisi S.B.ga nisbatan to`xtash qoidalarini buzganligi yuzasidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Haydovchi bilan o`zaro muloqot vaqtida o`zini haydovchining ukasi deb tanishtirgan fuqaro holatga aralashgan. Holat video tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan.

Hozirda mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida Qamashi tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar