AsosiyJamiyat

O`quvchilar bir haftada kamida ikki kun ta`lim oladi, qolgan kunlar ishlaydi

'O`quvchilar bir haftada kamida ikki kun ta`lim oladi, qolgan kunlar ishlaydi'ning rasmi

 “Professional ta`lim tizimida dual ta`limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021/2022 o`quv yilidan professional ta`lim tizimida dual ta`lim tashkil etiladi.

Dual ta`lim – bu ta`limni o`z yo`nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib boruvchi tizimdir. Dual ta`limni tashkil etish uchun hokimliklar va manfaatdor vazirliklar tomonidan o`rta bo`g`in kadrlariga bo`lgan ehtiyoj aniqlanadi va taklif tayyorlanadi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi har yili 1 iyulgacha dual ta`lim bo`yicha kadrlar tayyorlanadigan ta`lim muassasalarini belgilaydi.

Tanlangan ta`lim muassasalari belgilangan kvotalar bo`yicha o`quvchilarni qabul qiladi.

Ta`lim muassasalari kadrlarga ehtiyoji bo`lgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma tashkilot va o`quvchi o`rtasida ham tuziladi. Bunda o`quvchi uchun tashkilotda muayyan ish o`rni ajratiladi.

O`quvchilar bir haftada kamida ikki kun ta`lim oladi qolgan kunlar ishlaydi.

O`quvchiga ishlagan kunlari uchun haq to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar