AsosiyJamiyat

O`zbekistonga "issiqxona qurish uskunalari" nomi ostida elektromobil kirib kelayotgani fosh etildi

'O`zbekistonga "issiqxona qurish uskunalari" nomi ostida elektromobil kirib kelayotgani fosh etildi'ning rasmi

Respublikamiz hududiga tovar va transport vositalarini hujjatlarda ko`rsatilmagan holda olib kirishga qarshi bo`lgan urinishlarga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda, deya xabar berdi Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati. 

 Xususan,  Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan hujjatlarga ko`ra, “Zamonaviy issiqxona qurish uchun uskunalar” deya ko`rsatilgan yuk konteyneri bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, yo`l yuk-kuzatuv xujjatlarida ko`rsatilmagan qiymati  120 mln.so`mlik 1 dona elektromobil borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar