Xorijda ishlash istagida bo`lgan yurtdoshlarimizning chet elda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat bilan band bo`lishi hamda dunyoning rivojlangan davlatlarida munosib ish o`rinlariga joylashtirish choralari ko`rilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.
Bu borada Germaniyaning vakolatli tashkilotlari bilan kelishuvga erishilib, dastlab 500 nafarga yaqin O`zbekiston fuqarolarini “GfM Gruppe” agentligi orqali ushbu davlatda tibbiyot, qurilish, yo`lsozlik, informasion texnologiyalari, logistika, qariyalarni parvarish qilish, metall konstruksiyalari va boshqa texnik sohalarda mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun tashkiliy tartibda yuborish ko`zda tutilmoqda.
Shu munosabat bilan, Germaniyada dastlab dual tizimida, ya`ni bir paytning o`zida kasb o`rganish va haq to`lanadigan ishga, keyinchalik to`liq ishga jalb qilish maqsadida ish beruvchilarning talablariga to`g`ri keladigan nomzodlarni aniqlash va ularning bazasini shakllantirish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:
- 18-27 yoshgacha bo`lishi;
- maktab, lisey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo`lishi;
- nemis tilini kamida V1, ya`ni mustaqil muloqot qilish darajasida bilishi;
- Germaniyada kamida 3 yil muddat davomida mehnat faoliyatini amalga oshirishga tayyor bo`lishi;
- odamlarga nisbatan ochiqko`ngil va tez muloqotga kirishuvchan bo`lishi;
- sog`lom va sudlanmagan bo`lishi lozim;
- ish vaqti: 3 smenada 8 soatdan;
- sinov muddati: 6 oy.
Agar nomzod amaliyotdan muvaffaqiyatli o`tmasa yoki kasb o`rganishni davom ettirish uchun mos kelmaydigan, deb hisoblansa, u o`z mablag`lari yoki sug`urta xarajatlari hisobidan O`zbekistonga qaytariladi.
Germaniyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin.
Qo`shimcha ma`lumotlar uchun:
- 1282 (qisqa raqami) yoki 71 202-33-55, 71 200-00-61.
- Qoraqalpog`iston Respublikasi – (61) 222-53-32, (61) 222-53-34;
- Andijon viloyati – (95) 202-33-55;
- Buxoro viloyati – (99) 708-49-98;
- Jizzax viloyati – (72) 226-91-97, (72) 226-91-87;
- Qashqadaryo viloyati – (75) 224-05-25, (97) 311-70-20, (97) 770-04-92;
- Navoiy viloyati – (79) 224-11-60;
- Namangan viloyati – (69) 227-94-64, (69) 227-97-27;
- Samarqand viloyati – (66) 233-24-00, (66) 233-53-00;
- Sirdaryo viloyati – (67) 225-55-59;
- Surxondaryo viloyati – (76) 222-45-22;
- Toshkent viloyati – (55) 900-33-10;
- Farg`ona viloyati – (73) 244-56-69;
- Xorazm viloyati – (62) 224-12-35;
- Toshkent shahri – (71) 202-33-55 (ichki raqam 39).






