AsosiyJamiyat

Andijonda 19 yoshli yigit plastik kartasiga 4 600 000 so`m pul o`tkazdirib, qochib ketdi

'Andijonda 19 yoshli yigit plastik kartasiga 4 600 000 so`m pul o`tkazdirib, qochib ketdi'ning rasmi

Andijon viloyati. 2021 yilning 21 mart kuni noma`lum shaxs o`zining boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasida Andijon tumani No`xatak MFY., hududida joylashgan “Paynet” shahobchasiga kelib, u erda ishlovchi 17 yoshli Xabibullo Q.,ga 8600********0068 raqamli plastik kartasiga 4 600 000 so`m pul o`tkazib bersa, naqd shaklda berishini aytgan. Plastik kartasiga ushbu pul mablag`larini tushirtirishga erishib,  “Spark” rusumli avtomashinasida hodisa joyidan yashiringan.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qilishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 19 yoshli Biloliddin T., sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Biloliddin T.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Tergov davomida Biloliddin T., nima sababdan ushbu jinoyatni sodir etganligiga aniqlik kiritiladi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar