AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Vengriya prezidentlari ikki davlat munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko`tarish vazifalarini muhokama qilishdi

'O`zbekiston va Vengriya prezidentlari ikki davlat munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko`tarish vazifalarini muhokama qilishdi'ning rasmi

O`zbekiston va Vengriya etakchilarining muloqoti avval tor doirada bo`lib o`tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev mehmonni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat o`rtasidagi aloqalarda yangi davrni boshlab berishini ta`kidladi.

Viktor Orban yurtimizga kelganidan mamnunligini bildirib, Vengriya O`zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Muzokarada siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O`zbekiston – Vengriya munosabatlarini o`zaro ishonch va keng doiradagi umumiy manfaatlarga asoslangan strategik sheriklik darajasiga ko`tarishga tayyor ekanligini tasdiqladi. Uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash, o`zaro manfaatli yangi sohalarni ishga solish, ishbilarmon doiralar va hududlar o`rtasidagi aloqalarni qo`llab-quvvatlashga kelishib olindi.  

Tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash bo`yicha qarashlar va yondashuvlar umumiy ekani tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar