AsosiyJamiyat

Farg`onada yarim tunda niqob kiyib, uyiga bostirib kiriganlarni ushlamoqchi bo`lgan erkakni pichoqlab ketishdi

'Farg`onada yarim tunda niqob kiyib, uyiga bostirib kiriganlarni ushlamoqchi bo`lgan erkakni pichoqlab ketishdi'ning rasmi

2021 yilning 27 mart kuni soat 02:30 larda ikki nafar noma`lum shaxslar Farg`ona viloyati, Toshloq tumani “Katta ko`cha” MFY.,da yashovchi 38 yoshli Komiljon U.,ning xonadoniga yuzlariga niqob kiyib kirib, turmush o`rtog`i 34 yoshli Shahzoda U., va unga hujum qilgan vaqtlarida, Komiljon U., ularning birini ushlab olgan vaqtida, ikkinchi noma`lum shaxs oshxona pichog`ini olib, uning bosh, chap kurak va chap biqin sohalariga jarohat etkazib, hodisa joydan yashiringanlar. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha,  holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hodisa joyi ko`zdan kechirilganda noma`lum shaxslarning biriga tegishli erkaklar kurtkasi va finka pichog`i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, hodisa joyidan olingan erkaklar kurtkasi 27 yoshli Abduqahhor Q.,ga tegishli ekanligi aniqlanib, uning vaqtincha yashash joyi tintuv qilinganda niqob sifatida foydalanilgan ayollar kolgotkasi, qaychi, skotch o`rami va kolgotka paketlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, Abduqahhor Q., ning o`zi va jinoiy sherigi 23 yoshli Jasurxo`ja O`.,lar ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar