AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlab chiqarilgan kolbasa va sosiskalar “O`zstandart” talablariga javob bermadi

'Rossiyada ishlab chiqarilgan kolbasa va sosiskalar “O`zstandart” talablariga javob bermadi'ning rasmi

Iste`molchi mahsulot xarid qilayotganda albatta uning qadog`idagi ma`lumotlar bilan tanishishi lozim. Belgilangan me`yorlarga asosan mahsulot yorlig`idagi ma`lumotlar aniq va davlat tilida bo`lishi talab etiladi.Ayniqsa oziq-ovqat mahsuloti yorlig`idagi ma`lumot iste`molchida shubha o`yg`otsa,ushbu mahsulotni xarib qilmagan ma`qul.

“O`zstandart” agentligi huzuridagi Departament va O`zbekiston iste`molchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi hamkorlikda “Oziq-ovqat mahsulotini tamg`alash yuzasidan uning xavfsizligi to`g`risida”gi umumiy texnik reglamenti talablarining bajarilishi o`rganildi. Bu haqda darakchi.uz ga “O`zstandart” agentligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Poytaxtdagi savdo rastasida sotilayotgan “MOS PROD TORG” MChJ tomonidan yurtimizga import qilingan Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan "Ostankino-novy standart” MChJ, “Starodvorskie kolbas”, va “Ostankinskiy myasopererabatvayushiy kombinat” tomonidan ishlab chiqarilgan kolbasa va sosiska mahsulotlari yorlig`ida oziqlik qimmati (uglevodlar miqdori) to`liq yoritilmaganligi, yorlig`idagi ma`lumotni o`qish imkoniyati mavjud emasligi va markirovkasi Davlat tilida bo`lmaganligi aniqlandi.

“MOS PROD TORG” MChJ nomiga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib bergan sertifikatlashtirish idorasi mas`ul xodimlarga nisbatan ma`muriy choralar ko`rildi.

 

    Boshqa yangiliklar