Turkiya Respublikasida koronavirus bilan bog`liq epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli mamlakat prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on tomonidan quyidagi yangi cheklovlar e`lon qilindi:
- ️hafta davomida 5 kun soat 21:00 dan 05:00 gacha tungi komendantlik soati;
Qizil viloyatlarda, shu jumladan Istanbul shahrida ham, shanba va yakshanba kunlari komendantlik soatiga amal qilinadi.
- ️ umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran va boshqalar) viloyat rangidan qat`i nazar, 50 foiz bandlik bilan ishlaydi;
- uyga etkazib berish xizmati dam olish kunlari amalga oshiriladi.
Ramazon oyida (2021 yil 13 aprel - 12 may) uchun yangi cheklov choralari:
- ️ Turkiyaning barcha viloyatlarida hafta oxiri komendantlik soati (shanba va yakshanba);
- umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran va boshqalar) faqat etkazib berish uchun ishlaydi;
- Ramazonda ommaviy iftorlik va saharliklar taqiqlanadi.






