AsosiyJamiyat

Toshkentda yo`l notekisligi sabab "Matiz"lar ishtirokida mudhish YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda yo`l notekisligi sabab "Matiz"lar ishtirokida mudhish YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 30 mart kuni soat 14:00larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko`chasida joylashgan "Qon quyish markazi" binosi ro`parasida haydovchi O.R. yo`l notekisligi sabab "Matiz" rusumli avtomobilida sekinlashgan vaqtida, ortida kelayotgan yana bir "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi Z.S. to`qnashib ketmaslik maqsadida rulni chap tomonga burgan. Keskin burilish natijasida haydovchi Z.S. boshqaruvidagi "Matiz" avtomobili oldindagi "Matiz"ning orqa chap tomoniga to`qnashib ag`darilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

️Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositalariga zarar etgan.

️Mazkur to`qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar