"Migration-consulting-agency" XBAning lisenziyasi vaqtincha to`xtatildi, deya xabar bermoqda Mehnat vazirligining Matbuot xizmati.
"Migration-consulting-agency-xususiy bandlik agentligi" MChJning 2019 yil 6 martdagi 0044-sonli lisenziyasining amal qilinishi to`xtatildi.
Lisenziyaning to`xtatilishi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 9 martdagi 4-1001-2112/3424-sonli hal qiluv qaroriga asosan amalga oshirildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi depozit hisob raqamida BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablag`larni zaxira qilingunga qadar to`xtatildi.






