Jizzax va Sirdaryo viloyatlari chegarasida kuchli gumburlash ovozi eshitildi. Bu haqda «Sirdaryo xabarlari» nashri xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 30 mart kuni kechasi taxminan soat 21:30 larda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani «Paxtakor» mahallasiga yaqin joy va Jizzax viloyatining Zarbdor tumanlari chegara qismida kuchli gumburlash ovozi eshitilgan.
Sardobada yashovchi mahalliy aholi vakillaridan birining so`zlariga ko`ra, mazkur gumburlagan ovoz gaz quvurining yorilishi yoki portlashi bilan bog`liq.
Hozircha mazkur hodisa yuzasida hech qanday rasmiy ma`lumotlar berilmagan.






