AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekiston hududiga Sibirdan yana sovuq havo oqimi kirib keladi

'Ertaga O`zbekiston hududiga Sibirdan yana sovuq havo oqimi kirib keladi'ning rasmi

Sinoptiklarning ma`lumotiga ko`ra, 1-2 aprelda O`zbekiston hududiga Qozog`iston orqali g`arbiy Sibirning janubiy hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib keladi. 1-2 aprelda respublika bo`yicha havo harorati pasayishi kutilmoqda.
      1 aprelda kechasi 0-5° iliq, kunduz kuni 5-10° iliq bo`ladi.
      2 aprelda kechasi 0-2° iliq, ba`zi joylarda havoda va tuproqda 1-3° sovuqgacha bo`lishi mumkin, kunduz kuni 12-17° iliq bo`ladi.

2-5 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 3 aprelda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 aprelda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2 aprelda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 10-15° iliq; 2 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 3 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 4 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 5 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 aprelda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2 aprelda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 3 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 18-23° iliq, 4 aprelda kechasi 7-12° iliq, kunduzi
13-18° iliq, 5 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

TOShKENT VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, 2-3 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. 4-5 aprelda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. 2 aprelda ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2 aprelda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 12-17° iliq; 3 aprelda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 4 aprelda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 5 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 aprelda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. 2 aprelda ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  4 aprelda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2 aprelda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 12-17° iliq;
 3 aprelda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 4 aprelda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 5 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 aprelda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. 2 aprelda ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi.  Harorat 2 aprelda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 3 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi
20-25° iliq, 4 aprelda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 5 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi,  2-3 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. 4-5 aprelda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin.
2 aprelda ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2 aprelda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 8-13° iliq; 3 aprelda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 4 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 5 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, 2-3 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. 4-5 aprelda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba`zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2 aprelda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 3-5 aprelda kechasi 0-5° iliqdan, kunduzi
3 aprelda 8-13° iliq, 4-5 aprelda 5-10° iliqgacha ko`tariladi.

    Boshqa yangiliklar