AsosiyJamiyat

Masjidlarida Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi — O`zbekiston musulmonlari idorasi

'Masjidlarida Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi — O`zbekiston musulmonlari idorasi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Ramazon oyini munosib tarzda kutib olish, uni yuqori saviyada o`tkazish va Taroveh namozlarida mo`min-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar hozirlash maqsadida masjidlarda tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Jumladan, masjidlarda Taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida, joriy yilning  10 aprel, shanba kuni “Ozodalik kuni” o`tkaziladi.

Koronavirus kasalligi bilan bog`liq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi. Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda bo`lish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini o`lchash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar