AsosiyJamiyat

Davlat ishtirokidagi korxonalar soni qisqartiriladi

'Davlat ishtirokidagi korxonalar soni qisqartiriladi'ning rasmi

Hukumat qarori (166-son, 29.03.2021 y.) bilan 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi hamda uni amalga oshirish bo`yicha maqsadli ko`rsatkichlar tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Maqsadli ko`rsatkichlar doirasida:

  •  davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi:
  •  davlat ishtirokidagi kamida 20 ta korxona aksiyalari birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif etiladi;
  • davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a`zolar soni 2025 yilga qadar 30 foizgacha etkaziladi.  

 

2021 yil 1 iyuldan:

  •  davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi, ichki audit xizmati, kuzatuv kengashi tarkibida audit qo`mitasi tashkil etiladi;
  •  aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag`iga (listingga) kiritilgan va davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo`lgan aksiyadorlik jamiyatlarida “muvofiqlik tizimi” (komplaens) xizmati tashkil etiladi.

 

2022 yil 1 yanvardan:

  •  strategik sohalarga oid ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (oltin aksiya) bekor qilinadi;
  •  ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashi a`zolari vakolatlari 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi;
  •  davlat ulushi bo`yicha davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi a`zoligiga nomzodlarni tanlov asosida aniqlash amaliyoti bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 Shuningdek, Strategiyaga ko`ra:

  • davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarligi va ijro etuvchi organ a`zoligiga nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish;
  • davlat xizmatchilarining bir vaqtning o`zida davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi rahbari (a`zosi) lavozimlarini egallashi amaliyotlari bekor qilinadi.  

 Ijro etuvchi organ rahbari va a`zolari javobgarligi bo`yicha sug`urta qilish mexanizmi joriy qilinadi.  

 

    Boshqa yangiliklar