AsosiyJamiyat

PIRLS xalqaro baholash dasturida 60 dan ortiq davlatlar qatorida ilk bor O`zbekiston o`quvchilari ham qatnashadi

'PIRLS xalqaro baholash dasturida 60 dan ortiq davlatlar qatorida ilk bor O`zbekiston o`quvchilari ham qatnashadi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i o`rinbosari Odil Qo`ysinov ma`lum qildi:

"PIRLS bo`yicha Ta`lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assosiasiyasi (IEA) hamda PISA bo`yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda respublikamizdan tadqiqotlarda ishtirok etuvchi maktablar va o`quvchilar tasodifiylik tamoyillari asosida tanlab olindi.

Joriy yilning aprel oyida bo`lib o`tadigan PIRLS tadqiqotlarida O`zbekistondagi 180 ta maktabda tahsil oluvchi 5 948 nafar 4-sinf o`quvchilari hamda ularning ota-onalari, maktab direktorlari va sinf rahbarlari ishtirok etishi ko`zda tutilgan bo`lsa, PISA tadqiqotining tajriba-sinov jarayonida 15 yoshli o`quvchilarning qatnashishi belgilangan", - dedi mas`ul. 

    Boshqa yangiliklar