Senat raisining keyingi manzili tumanning "Yalpoqtepa", "Yonariq" MFYlardagi xotin-qizlar, xususan, "Ayollar daftari" ro`yxatida turuvchi fuqarolarning shrat-sharoitlari bilan tanishdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Ochiq muloqot tarzida o`tgan suhbatda ayollar muammolarini tinglar ekan, Senatga xat yo`llagan Ohangaron shahar markaziy shifoxonasi reabilitasiya bo`limi bir guruh hamshiralari bilan yaqindan muloqot olib bordi.

Unda oylik ish haqi asossiz kamaytirliganligi borasidagi murojaatlari o`rganilib, tegishli tartibda mutasaddilarga vazifalar yukladi.







