O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ertalab beqaror ob-havo saqlanib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliq, shimolda 10-15° iliq atrofida bo`ladi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-7° iliq atrofida bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliqni tashkil etadi.






