Sergeli tumani hokimi Shukurov Elbek Xabibullaevich Alter Ego bilan bo`lgan intervyusida o`zining va tuman hokimlarining maoshi haqida gapirib berdi.
Shukurovning ma`lum qilishicha, hokimlar turli bonuslarni hisobga olgan holda 5-6 mln maosh olishadi. Xususan o`zi ham turli mukofotlar bilan hisoblaganda 5-6 million so`m oladi.
“Men barcha xodimlarga, shuningdek o`zimga ham bir xil bonuslar beraman. Agar men o`zimga mukofot puli bermasam, ko`pchilik pulni tashqaridan keladi deb o`ylashlari mumkin!” – deya qo`shimcha qilgan Sergeli hokim.






