AsosiyDunyo

Germaniya AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to`xtatdi

'Germaniya AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to`xtatdi'ning rasmi

Berlin hukumati AstraZeneca vaksinasini ehtiyot chorasi sifatida qo`llashni yana to`xtatdi, shahar ma`murlari ekspert tavsiyalarini kutmoqdalar. Bu haqda Ria Novosti xabar qildi. 

Avvalroq, Berlinning Charité va Vivantes klinikalari 55 yoshdan kichik ayollarni AstraZeneca bilan emlashni to`xtatib qo`ygani ma`lum bo`lgandi.

"Biz AstraZeneca vaksinasi bilan 60 yoshgacha bo`lgan odamlarni - jinsidan qat`i nazar, emlamaslikka qaror qildik. Bu ehtiyotkorlik chorasi”, dedi Kalaychi matbuot anjumanida.

Uning so`zlariga ko`ra, Berlin bir kun ichida emlash bo`yicha doimiy komissiya va institut mutaxassislarining AstraZeneca bo`yicha o`z tavsiyalarini berishini kutmoqda.

Myunxen hukumati ehtiyot chorasi sifatida 60 yoshgacha bo`lgan odamlarni AstraZenecaga qarshi emlashni to`xtatishga qaror qildi, deb xabar beradi shahar sayti. Avvalo, bu emlash markazi va ISAR klinikasida rejalashtirilgan emlashlarga tegishli.

Avvalroq Evropa Dori-darmon Agentligi Evropa Ittifoqining bir qator mamlakatlarida AstraZeneca vaksinasini olgan va keyinchalik tromboembolik asoratlarni boshdan kechirgan bemorlar bilan bog`liq hodisalarni tekshirayotganini e`lon qilgan edi. Bir qator Evropa davlatlari, jumladan Avstriya, Estoniya, Litva, Latviya, Lyuksemburg, Daniya, Bolgariya, Norvegiya, Islandiya, Sloveniya, Kipr, Italiya, Fransiya, Germaniya va Ispaniya AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to`xtatdi. Keyinchalik Evropa Dori-darmon Agentligi preparatni qo`llashni davom ettirish bo`yicha tavsiyalar berdi, shundan so`ng bir qator mamlakatlar u bilan emlashni qayta boshlashdi.

    Boshqa yangiliklar