AsosiyJamiyat

Bugundan O`zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi: birinchi kimlar, qaerda emlanadi?

'Bugundan O`zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi: birinchi kimlar, qaerda emlanadi?'ning rasmi

Bugun — 1 apreldan bir yildan ortiq vaqt mobaynida yurtdoshlarimizga xavf solib turgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga start berildi. Bu haqda SSV Axborot xizmati xabar qildi. 

Avvalroq yurtimiz bo`ylab vaksinasiya jarayonlarida ZF-UZ-VAC2001 —o`zbek-xitoy vaksinasi va Evropaning AstraZeneca vaksinasidan foydalanishga tayyorgarlik ko`rilgani haqida xabar berilgan edi.

Aprel oyi davomida Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi 219 ta emlash punktlarida bir oyda 142,3 ming emlash o`tkazilishi rejalashtirilgan bo`lib, birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo`lgan tibbiyot xodimlarini emlash ko`zda tutilgan.  

Bundan tashqari, surunkali kasalliklari bor aholi vakillari, maktab va maktabgacha ta`lim muassasalari, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini ham birinchi navbatda emlash rejalashtirilgan.

Buning uchun mamlakat bo`ylab  3 138 ta emlash punktlari va 862 ta harakatdagi tibbiy brigadalar shay holatga keltirildi.  

Hududlarga vaksinalarni tashish uchun COVAX dasturi doirasida 17 ta avtorefrijerator, 206 ta yuk tashuvchi miniven va 16 ta engil avtotransport vositalari keltirildi.

Emlash jarayonlari uchun 4 ming nafardan ortiq shifokor va 11 ming nafardan ortiq o`rta tibbiyot xodimi jalb qilingan.

Emlash jarayonlari haqida batafsil ma`lumotlar berib boriladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar