Guliston tumanida yangi uy-joylarni qurishdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Departamentning Guliston tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Yulduz” mahallasida yangi qurilgan uy-joylarda o`tkazilgan nazorat o`lchovida, “A.O’.” MChJ rahbari hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali 272,3 mln so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari A.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






