AsosiyJamiyat

Qamoqdagi Aleksey Navalniy ochlik e`lon qildi

'Qamoqdagi Aleksey Navalniy ochlik e`lon qildi'ning rasmi

31 mart kuni rus hukumatining ayni paytda qamoqqa olingan ashaddiy muxolifi Aleksey Navalniy ochlik e`lon qildi. Navalniyning aytishicha, uning ikki oyog`i va belida kuchli og`riq yuzaga kelgan bo`lib, qamoqxona ma`muriyati uni kerakli dori bilan ta`minlamayapti. U aynan shuning uchun ochlik e`lon qilgan. Bu haqda tarjumon yozmoqda. 

Navalniy o`zi saqlanayotgan qamoqxonasi gubernatoriga yo`llagan maktubida uni davolash uchun shifokor berilishini va kerakli dori-darmon bilan ta`minlash haqidagi har kuni qilayotgan murojaatlari inobatga olinmaganligini aytdi. Navalniyning ushbu xati uning tarafdorlari tomonidan 31 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

’’Men tibbiy ko`rikdan o`tishim uchun shifokor berishlarini talab qilaman. Shunday qilinmaguncha ochlik e`lon qilaman deydi’’ Navalniy o`zining xatida.

Navalniy yanvarda Rossiyaga qaytib kelgan va shu zahotiyoq hibsga olingandi. Fevral oyida sud Navalniyni ikki yarim yilga ozodlikdan mahrum etdi. Ayni paytda u Moskvadan 100 kilometr uzoqlikdagi umumiy koloniyada jazoni o`tamoqda. Bir nechta G`arb mamlakatlari, jumladan, Evropa Ittifoqi rus hukumatidan 44 yoshli Navalniyni ozod qilishni so`ragan, ammo, Moskva ushbu so`rovlar asossiz va Rossiyaning ichki ishlariga aralashish ekanini ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar