️Farg`ona viloyati Rishton pochta aloqa bog`lanmasi binosi tuman hokimligi tomonidan ogohlantirishsiz 1 kunda buzib tashlangan. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.
Iqtisodiy sudi tomonidan "O`zbekiston pochtasi" AJ foydasiga tuman hokimligi hisobidan 1,3 mlrd so`m moddiy zarar undirilishi bo`yicha hal qiluvchi qarorni chiqargan
2021 yil yakuniga qadar internet-savdo orqali xarid qilingan mahsulotlarni shu erning o`zida tez fursatlarda qadoqlanib, mijozlarga etkazib berish imkoniyatini beradigan 4 ta logistika markazlari tashkil etiladi.






