AsosiyDunyo

O`zbekistonga qo`shni davlatlarda noxush epidemik vaziyat kuzatilmoqda. Qozog`istonda bir kunda kasallanganlar 2 ming nafardan ortgan

'O`zbekistonga qo`shni davlatlarda noxush epidemik vaziyat kuzatilmoqda. Qozog`istonda bir kunda kasallanganlar 2 ming nafardan ortgan'ning rasmi

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Botir Qurbonov ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda koronavirus bilan bog`liq vaziyat haqida xabar berildi.  

Dunyo bo`yicha ushbu kasallikka 219 davlatda, jami 129 million 470 ming kishi chalindi. Bugungacha ushbu kasallikdan 2 million 828 ming 137 kishi olamdan o`tdi.  

Kasallik eng ko`p tarqalgan davlat — AQShda kunlik statistika 68 756tani tashkil etib, jami kasallanganlar 131 milliondan oshdi. Shuningdek, Braziliya, Hindiston, Rossiya Federasiyasida ham kasallik hamon yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

️Kecha, 31 mart kuni dunyo bo`yicha kasallanganlar soni 639 ming 599 nafarni tashkil qildi. Afsuski, 12 ming 249 nafar kishi kasalliq oqibatida vafot etdi.  

Qo`shni davlatlarda ham noxush epidemik vaziyat kuzatilmoqda. Masalan, Qozog`istonda bir kunda kasallanganlar 2 ming nafardan ortgan bo`lsa, Qirg`izistonda 98 kishini tashkil qildi.

    Boshqa yangiliklar