AsosiyJamiyat

Yagona portal: 2021 yilda ishga tushiriladigan 60 ta yangi xizmat tasdiqlandi

'Yagona portal: 2021 yilda ishga tushiriladigan 60 ta yangi xizmat tasdiqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayyorlangan loyihada 2021 yilda talabgorligi yuqori bo`lgan 60 ta davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) joriy qilish ko`zda tutilgan.  Bu haqda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining saytida ma`lum qilindi.

Mazkur dastur loyihasi keng jamoatchilik muhokamasidan o`tdi va O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlandi.

Dasturga ko`ra, davlat boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralar tomonidan an`anaviy tarzda yoki boshqa manbalar orqali elektron ko`rsatilayotgan talabgorligi yuqori bo`lgan davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko`rsatishni yo`lga qo`yish belgilangan.

Yil davomida jami 60 ta yangi xizmatlar ishga tushiriladi. Bugungi pandemiya sharoitida talabgir xizmatlarning onlayn shaklda, qulay tarzda taqdim etilishi aholiga nafaqat engillik beradi, balki ularning idorama-idora yurib, kasallikka chalinishi ehtimolining ham oldini oladi.

Ro`yxatga:

  • Fuqarolikka qabul qilish uchun ariza yuborish;
  • Avtomobilni texnik ko`rikdan o`tkazish uchun onlayn to`lovlarini amalga oshirish;
  • Respublikadan chiqishga cheklovlar mavjudligini tekshirish;
  • Ish daromadlari to`g`risida ma`lumotnoma olish;
  • Shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya hisobvarag`i holati haqida ma`lumot olish;
  • Oliy o`quv yurtlariga hujjatlarni qabul qilish;
  • Avtotransport vositalarini onlayn ro`yxatdan o`tkazish;
  • Avtotransport vositasini davlat raqami va texnik pasportini o`zgartirish uchun ariza yuborish;
  • Oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga o`qishga kirish uchun hujjatlarini topshirish;
  • Mehnat daftarchasidan ko`chirma olish;
  • Saylov uchastkasini aniqlash yoki o`zgartirish hamda shu kabi dolzarb va talabgir xizmatlar kiritilgan.

Ushbu dasturda davlat xizmatlarini to`liq masofadan ko`rsatish bo`yicha jarayonlarni avtomatlashtirish va xizmat ko`rsatish bosqichlarini maksimal darajada optimallashtirish maqsad qilingan.

    Boshqa yangiliklar