O`zbekiston xorijiy mamlakatlardan 87,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan yog`och va yog`och mahsulotlarini import qilgan
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-fevral oylarida O`zbekiston 36 ta xorijiy davlatlardan qiymati 87,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan yog`och va yog`och mahsulotlarini import qilgan.
O`tgan ikki oy mobaynida import qilingan yog`och va yog`och mahsulotlarining eng katta ulushiga ega bo`lgan davlatlar:
Rossiya – 72,2 mln.
Xitoy – 5,1 mln.
Qozog`iston – 1,5 mln.
Turkiya – 1,5 mln.
Qirg`iz R. – 1,4 mln.
Eron – 1,3 mln.
Belorus – 1,2 mln.
Turkmaniston – 1,0 mln.
Hindiston – 692,4 ming
Germaniya – 297,6 ming
Ukraina – 210,5 mln.
Italiya – 207,2 mln.






