AsosiyJamiyat

Tashkilotlarda ijro intizomiga mas`ul alohida shtat birligi joriy etiladi

'Tashkilotlarda ijro intizomiga mas`ul alohida shtat birligi joriy etiladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xo`jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ijro intizomiga mas`ul tarkibiy bo`linmalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlash va ularning faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (171-son, 31.03.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Qarorga ko`ra, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan davlat organlarining ijro intizomiga mas`ul bo`linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini Prezident Administrasiyasi Ijro intizomini ta`minlash sho``basi bilan kelishish Prezident Administrasiyasi tomonidan belgilanadigan tartibga asosan amalga oshiriladi.

Joriy yil 1 iyulga qadar ijro intizomiga mas`ul tarkibiy bo`linmalari bo`lmagan markaziy apparati, hududiy bo`linmalari va tizim tashkilotlarida ijro intizomiga mas`ul alohida shtat birligi joriy etiladi.

Mazkur mas`ul lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari tomonidan o`tkazilgan suhbatlar natijalariga ko`ra tanlab olinadi.  

Shunga ko`ra, davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas`ul tarkibiy bo`linmalari rahbarlari, jumladan, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining tizimli nazoratini amalga oshiradi.  

Ijro intizomiga mas`ul tarkibiy bo`linma rahbarlari har yili bir marta (bir hafta davomida) Vazirlar Mahkamasida tasdiqlangan grafik asosida stajirovkadan o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar