AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'Bugun O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli, yog`ingarchiliksiz bo`lishi kutilmoqda. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17° iliqgacha isiydi.

Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14° iliq atrofida bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar