AsosiyJamiyat

Koronavirus: O`zbekistonda birinchi kun qancha fuqaro emlangani ma`lum qilindi

'Koronavirus: O`zbekistonda birinchi kun qancha fuqaro emlangani ma`lum qilindi'ning rasmi

Vaksinasiyaning ilk kunidayoq Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 5 018 nafar fuqaro ixtiyoriy ravishda emlandi.  Bu haqda SSV Aхborot xizmati xabar berdi. 

Vaksinasiyaning ilk bosqichida 65 yosh va undan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanishi ko`zda tutilgan.  

1 aprel holatiga ko`ra, 1871 nafar 65 yoshdan yuqori fuqaro va 3147 nafar tibbiyot xodimi emlandi.

Vaksinasiya bo`yicha kunlik hisobda Toshkent shahridan 1651 nafar fuqaro emlanib, hududlar bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich qayd etgan.  

Emlash ko`rsatkichlari bo`yicha keyingi o`rinlarni Farg`ona viloyati (467 nafar), Qashqadaryo viloyati (389 nafar), Toshkent viloyati (317 nafar) band qildi.

Emlash jarayonlari davom etadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar